Joriy yilning 4-mart kuni kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Toshkent viloyati, Oqqurg‘on tumanining 36- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida gapirib o‘tildi.





