Toshkent viloyatida 2024- yilida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 75,4 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich, 7,8 foizga ko’payganligini koʻrish mumkin.
Sabzavot yetishtirish koʻrsatkichlari xoʻjaliklar toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, 22,9 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan, 56,6 foizini dehqon xoʻjaliklari tomonidan va 20,5 foizi fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilmoqda.
Yanvar oyida sabzavot yetishtirilishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Bekobod tumanida 33 517 tonna va Yangiyo‘l tumanida 8 420 tonna hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




