Select any text and click on the icon to listen!

27/02/2025

   2025- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 41 066 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 193 tani tashkil qildi (ulushi 7,8 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 295 ta
  • Toshkent tumani – 253 ta
  • Qibray tumani – 261 ta
  • Chirchiq shahri – 264 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 178 ta
  • sanoat sohasida – 420 ta
  • qurilish sohasida – 129 ta
  • savdo sohasida – 1 504 ta
  • tashish va saqlash sohasida –51 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 319 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 51 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 141 ta
  • boshqa sohalarda – 400 ta
Select and listen