2024- yilda, O‘rta Chirchiq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotarining umumiy hajmi 2,6 trln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,2 % ni tashkil qildi.
Hududning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik mahsulotlari ulushi 33,1% ni va chorvachilik mahsulotlari ulushi 66,9 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi 21,3 %, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari ulushi 54,9 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi 23,8 % hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.