Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshlig‘i U. Sattorov hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda - aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
- aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;
- milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazish;
- aholini ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
- ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish axborot tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadlari sifatida inobatga olinganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.




