21/02/2025

   Bugun, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ishtirokida milliy liboslar va milliylikni ommalashtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri va chelendjlar o‘tkazildi. Unda boshqarma xodimlari milliylikni targ‘ib etish, milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni asrash maqsadida ishga milliy liboslarda tashrif buyurishdi.

Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari qolaversa, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. O‘z millatimizga mos ravishda kiyinishimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir! Milliylikni targ‘ib qilish har bir millat uchun muhim, chunki bu o‘z madaniyati va an’analarini saqlash va rivojlantirishning asosiy usulidir