⚡️2025- yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, Chirchiq shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 724 tani tashkil qildi va shundan 33 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.
Bundan tashqari faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 367 taga hamda kichik biznes subyektlari 2 336 taga yetdi.
Ushbu hududda nisbatan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bular savdo sohasida 855 ta, sanoat sohasida 396 ta va qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar 269 tani tashkil qildi.




