20/02/2025

   Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Chirchiq shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Shodiyev bilan birgalikda Chirchiq shahri uyushgan savdo majmualarida INI (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida oylik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Kuzatuv davomida registratorlar tomonidan xizmatlar narxlarini o'rganishda planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.