18/02/2025

   2025- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami 2 426 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, 2025- yilning yanvar oyida 32 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Oqqo‘rg‘on tumani – 51 ta
  • Ohangaron tumani – 60 ta
  • Bekobod tumani – 67 ta
  • Bo‘stonliq tumani – 101 ta
  • Bo‘ka tumani – 75 ta
  • Quyi Chirchiq tumani – 47 ta
  • Zangiota tumani – 201 ta
  • Yuqori Chirchiq tumani – 147 ta
  • Qibray tumani – 251 ta
  • Parkent tumani– 81 ta
  • Piskent tumani- 54 ta
  • O‘rta Chirchiq tumani– 108 ta
  • Chinoz tumani– 69 ta
  • Yangiyo‘l tumani – 91 ta
  • Toshkent tumani – 149 ta
  • Nurafshon shahri – 108 ta
  • Olmaliq shahri – 112 ta
  • Angren shahri – 140 ta
  • Bekobod shahri – 100 ta
  • Ohangaron shahri - 74 ta
  • Chirchiq shahri – 269 ta
  • Yangiyo‘l shahri – 71 ta