18/02/2025

   Joriy yilning 17-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ”2019- yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 2- sonli politexnikumida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda Yangiyo‘l tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I.To‘laganov tomonidan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. 

   Seminar jarayonida ishtirokchilarga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.