Joriy yilning 17-fevral kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 27- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov, Yangiyo‘l tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I.To‘laganov hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.

Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi. 
Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanishi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini berishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.



