Joriy yilning 14-fevral kuni hududiy statistika organ xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahar 22-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi, Bo‘stonliq tumani 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi, O‘rta Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan va 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.


Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.


Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanishi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini berishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.




