Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Bekobod shahar statistika bo‘limi mutaxassisi Z.Sobirov, Piskent tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Shodmonqulov tomonidan Bekobod shahar tibbiyot texnikumi hamda Piskent timani 1-sonli politexnikumida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, texnikum o‘qituvchi va talabalari qatnashdi.
Seminar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.







