Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining ish faoliyatida mehnat huquqi qonunchiligiga rioya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati, jumladan, bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Vebinar davomida, Mehnat Kodeksi, mehnat huquqi va mehnat intizomi haqida so‘z yuritildi. Tadbir yakunida vebinar ishtirokchilarining mehnat huquqi bo‘yicha hamda ish faoliyatida duch kelgan savollariga Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev tomonidan batafsil tushunchalar berildi.