Toshkent viloyatida ro‘yxatga olingan kichik korxona va mikrofirmalar 2025- yilning 1- yanvar holatiga 63,5 mingtani tashkil etdi. Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni jami 34 389 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 6 787 tani tashkil etdi.
2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan kichik va mikrofirmalarning eng ko‘pi Zangiota tumanida - 4 229 tani (jamiga nisbati 12,3 % ni), Qibray tumanida – 3 072 tani (jamiga nisbati 8,9 % ni), Toshkent tumanida - 2 506 tani (jamiga nisbatan 7,3 % ni) tashkil etdi.