04/02/2025

Joriy yilning 4-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Sattorov hamda Qibray tumani statistika bo‘limi boshlig‘i U.Xudaybergenova tomonidan Qibray tumanida 10- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. 

 Seminar davomida maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.