2024- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 40,7 % ni to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan holda 9832,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.