2025- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 40 500 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 202 tani tashkil qildi (ulushi 7,9 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 298 ta
- Toshkent tumani – 256 ta
- Qibray tumani – 261 ta
- Chirchiq shahri – 265 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 177 ta
- sanoat sohasida – 424 ta
- qurilish sohasida – 132 ta
- savdo sohasida – 1 504 ta
- tashish va saqlash sohasida – 50 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 320 ta
- axborot va aloqa sohasida – 51 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 141 ta
- boshqa sohalarda – 403 ta