Toshkent viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 37063,5 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Chirchiq shahri (3042,8 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (2175,0 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (1144,8 mlrd. soʻm), Yuqori Chirchiq tumani (1100,6 mlrd. soʻm) va Qibray (1083,5 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.