Toshkent viloyatida 2024- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 44 379,0 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilga nisbatan 101,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 42 108,8 mlrd so‘mni (101,6 %), o‘rmon xo‘jaligi – 1 749,6 mlrd so‘mni (104,0 %), baliqchilik xo‘jaligi – 520,6 mlrd so‘mni (77,5 %) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.