Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 108,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 56,7 ming kishiga yoki 1,9 % ga ko‘paydi. Shundan, shahar joylarida 1 554,3 ming kishini (jami aholi sonining 50,0 %) va qishloq joylarida 1 554,2 ming kishini (50,0 %) tashkil etdi.