Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan mahalla raislari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminar yig‘ilishida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari yig‘ilishda Quyi Chirchiq tumanidagi raqamsiz xonadonlarni raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlarini qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etilishini ta’minlash, bu ishlarni amalga oshirishda tegishli mas’ullar javobgarligini oshirish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.