Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumani statistka bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent tumanidagi “Huvaydo” va “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari hamda raqamsiz xonadonlar va nom belgisi o‘rnatilmagan ko‘chalar bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi