Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yil uchun Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 146 385,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 6,7 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2023- yilga nisbatan 112,9 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 10,1 % ga yetdi.