2024- yilning yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 5,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,6 mln AQSh dollariga yoki 1,9 foizga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasida Rossiya 1,5 mlrd AQSh dollari, Xitoy 1,7 mlrd AQSh dollari, Qozog‘iston 752,5 mln AQSh dollari va Turkiya davlatlarning tashqi savdo aylanmasi 365,3 mln AQSh dollari bilan yuqori tashqi savdo aylanmasiga to‘g‘ri keldi.