Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahridagi 3 va 12- sonli kasb-hunar maktablarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda Yangiyo‘l shahar statistika bo‘limi boshlig‘i U.Yandashev tomonidan Yangiyo‘l shahrining 3 va 12- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda roʻyxatga olish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qilinayotgan ishlar borasida soʻz yuritildi
Muloqot davomida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.