Joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumani 1- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Sattorov, Qibray tumani bo‘limi boshlig‘i U.Xudaybergenova hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.
Seminar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ”2019- yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori ijrosi bo‘yicha aytib o‘tdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.