21/01/2025

   Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 11 va 27- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshlig‘i U.Sattorov,Qibray tumani statistka bo‘limi boshlig‘i U.Xudaybergenova hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida tushintirishlar berib o‘tildi.