Joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I U. Sattorov tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining 3- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilari va o‘quvchilarii shtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655- son Farmoni, O’zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611- son qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarorlari doirasida amalga oshirilgan ishlar, aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.