2025- yil 1- yanvar holatiga Toshkent viloyatoda sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 6 247 tani tashkil qildi.
Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 15,4 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 93,0 foizini ishlab chiqarish sanoati, 4,4 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1,8 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish va 0,8 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashkil etgan.
17/01/2025