17/01/2025

   Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati, Quyi Chirxhiq tumanidagi 26-son umumiy o‘rta ta’lim  maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I. Kamolov hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun-mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.

   Seminar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655- son Farmoni, O’zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611- son qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mohiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

   Bundan tashqari,  BMT  2015- yilning 10- iyunida “2020- yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasini qabul qilganligi, unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yilganligi, hozir hamdo‘stlik davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlanib ketganligini aytib o‘tib, O’zbekistonda ham Prezidentimizning 2019- yil 5- fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655- son Farmoni bu borada huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligini  ma’lum qildi.