Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 20- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Sattorov hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.
Seminar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.