17/01/2025

   Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov, viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari E.Urunov tomonidan Nurafshon shahri va Piskent tumani statistika bo‘limlarida profilaktika ishlari olib borilib, xodimlarni huquqiy madaniyati oshirildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvardagi “Korrupsiya to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirilib, xodimlarning korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz koʻnikmalarini shakllantirish va hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan amaldagi meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida tushunchalar berib o‘tdi.