15/01/2025

Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yangiyo'l shahri “Obod va Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borildi.