2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo aylanmasi hajmi 848,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (410,2 mlrd.so‘m) to‘g‘ri keldi.