13/01/2025

2025- yil 13-yanvardan 20-yanvar  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

16-yanvar  

1-bozor (savdo joyi) shakli Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari to‘g‘risida ___-yil uchun hisobot Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlar

1-eko (rekultivatsiya) shakli Yerlarni yaroqli holga keltirish toʻgʻrisida __-yil uchun hisobot Yer qatlami buzilishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari

1-ijtimoiy yordam shakli ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha ___-yil uchun hisobot O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – statistika organlariga

17-yanvar

1-temir yo‘l (umumfoydalanmaydigan) shakli Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot 
O‘z balansidagi yoki ijaraga olingan lokomotivlari, vagonlari, umumfoydalanmaydigan temir yo‘llari bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari)

18-yanvar

12-moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari

20-yanvar

4-MIZ (12-korxona shakliga ilova) Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda)

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).