2024- yilning yanvar – sentabr oylarida Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 30 857,0 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 29 676,3 mlrd so‘mni (103,0 %), o‘rmon xo‘jaligi – 850,9 mlrd. so‘mni (103,5 %), baliqchilik xo‘jaligi – 329,3 mlrd. so‘mni (112,9 %) tashkil qildi.