2024- yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 28435,6 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 73,2 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 114,1 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (1740,3 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (1610,1 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (1402,7 mlrd. so‘m)) hissasiga to‘g‘ri keldi.