Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 26392,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,3 % ga oshdi. Bu esa umumiy savdo hajmining 84,1 % ulushiga to‘g‘ri keladi.