Viloatimizda 2024- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 232 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 37 102 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 4 464 ta
- Qibray tumani – 3 265 ta
- Toshkent tumani – 2 655 ta
- Chirchiq shahri – 2 452 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 792 ta
- sanoat sohasida – 6 618 ta
- qurilish sohasida – 2 615 ta
- savdo sohasida – 14 010 ta
- tashish va saqlash sohasida –1 372 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 022 ta
- axborot va aloqa sohasida – 602 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 733 ta
- boshqa sohalarda – 4 338 ta