25/12/2024

2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 810 tani, shundan qo‘shma korxonalar 474 ta va xorijiy korxonalar 1 336 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 86 ta
  • sanoat sohasida – 694 ta
  • qurilish sohasida – 89 ta
  • savdo sohasida – 644 ta
  • tashish va saqlash sohasida –36 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 35 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 66 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 10 ta
  • boshqa sohalarda – 150 ta