2024 yilning yanvar-noyabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,3 mln. so‘mga yetdi. O’tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3 foizni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatiladigan bozor xizmatlari hajmining o‘sishi har oyda kuzatilmoqda hududlar kesimida aholi jon boshiga eng yuqori xizmatlar hajmi Zangiota tumanida 20 578,6 ming. so‘mni tashkil etdi va uncha yuqori bo‘lmagan aholi jon boshiga xizmatlar hajmi Ohangaron tumanida 4 686,4 ming. so‘mga to‘g‘ri keldi.