25/12/2024

2024- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 28017,2 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 90,1 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Bo‘stonliq tumani (2616,1 mlrd. so‘m), Bekobod tumani (2422,6 mlrd. so‘m), Parkent tumani (2405,6 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.