O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2024- yilning 19-dekabr kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahri 57- sonli sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Nuarfshon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i U.Buriyev tomonidan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminar jarayonida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.




