Joriy yilning 19- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari,tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limlari tomonidan hududiy statistika boʻlimi xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid atamalar, eksport va import mahsulotlarini hisobga olish usullari, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi oid hisobotlarni shakllantirish tartibi va amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.