Toshkent viloyatida ushbu sohada faoliyat ko‘ rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2023- yilning shu davriga nisbatan 89,9 foizni tashkil etdi. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda; binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 50,3 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,9 foizga yetdi; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 14,0 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 98,7 foizga yetdi; ixtisoslashtirilgan qurili sh ishlari yo‘nalishi esa 35,6 foiz ulushni va oʻtgan yilga nisbatan 89,5 foizni tashkil etdi.