06/12/2024

2024- yil 1- noyabr holatiga Toshkent viloyatida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan Zangiota– 311 ta, Toshkent– 281 ta tumanlariga va Chirchiq shahrida – 274 ta. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan savdo sohasida – 1 619 ta, sanoat – 462 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 349 ta va qishloq, o‘rmon vаbaliqchilik xo‘jaligi sohasida – 191 tani tashkil qildi.