Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003- yil 21 - noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004- yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimllari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildiTadbirda boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jamoldinov tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdirShuningdek, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risada ham gapirib o‘tdi. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur.