Viloatimizda 2024- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 086 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 967 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 4 428 ta
- Qibray tumani – 3 207 ta
- Toshkent tumani – 2 635 ta
- Chirchiq shahri – 2 426 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 828 ta
- sanoat sohasida – 6 603 ta
- qurilish sohasida – 2 578 ta
- savdo sohasida – 13 938 ta
- tashish va saqlash sohasida –1 364 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 008 ta
- axborot va aloqa sohasida – 583 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 728 ta
- boshqa sohalarda – 4 337 ta