2024- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 086 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 465 tani tashkil qildi (ulushi 8,0 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 311 ta
- Toshkent tumani – 281 ta
- Qibray tumani – 271 ta
- Chirchiq shahri – 274 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 191 ta
- sanoat sohasida – 462 ta
- qurilish sohasida – 151 ta
- savdo sohasida – 1 619 ta
- tashish va saqlash sohasida –56 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 349 ta
- axborot va aloqa sohasida – 55 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 145 ta
- boshqa sohalarda – 437 ta